Elektromotorollerlar va ularning quvvatlagichi bilan bogʼliq maqolalarni bir necha marotaba chop etganmiz. Аsosiy ehtiyot qism sanalgan quvvatlagichlar bilan bogʼliq asosan murojaatlar kelib tushmoqda.
Olot tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan navbatdagi yozma murojaatda ham aynan shu mavzuda soʼz boradi. Fuqaro Yu.Sobirova ham tuman markazida joylashgan mototexnika savdo doʼkonidan elektromotoroller xarid qilgan. Аmmo koʼp oʼtmasidan mazkur texnika vositasi 3 175 000 so’m qiymatga ega quvvatlagich qismida nosozlik vujudga kelgan. Tadbirkor bilan murosaga kela olmagach, Olot tuman jamiyatiga yozma ariza qoldirgan.
Olot tuman jamiyati xodimlari aralashuvi bilan murojaat qisqa fursatda oʼrganib chiqilib, isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi. Nosoz quvvatlagich yangisiga almashtirib berilib, elektromotoroller soz holatga keltirildi.