• O'zbekiston Respublikasi Buxoro viloyat Buxoro shahar A.Navoiy 3-uy

Yangiliklar

2024-07-05

Bitta isteʼmolchiga tabiiy gaz isteʼmolchi uchun ikkita abonent raqami ochilgan

Tabiiy gazdan foydalanish chogʼida isteʼmolchilardan asosiy talab toʼlovlarni vaqtida, kechiktirmasdan toʼlab borish sanaladi. Аmmo Hududgaz idoralari tomonidan ham yoʼl qoʼyiladigan texnik xatoliklar va asossiz qarzdorlik hisoblash holatlari ham kuzatilishi mumkin.

Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.А ham tabiiy gaz isteʼmoli uchun toʼlovlarni vaqtida uzluksiz toʼlab kelgan. Аmmo Hududgaz xodimlari tomonidan unga nisbatan 10 000 m3 tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlik xati yuborilgan. Toʼlov cheklarini taqdim etishiga qaramasdan holat ijobiy tomonga oʼzgarmagan. Holatdan norozi boʼlgan isteʼmolchi Buxoro tuman IHHQJ ga murojaat qilgan.

Buxoro tuman jamiyati raisi F.Boʼronov shaxsan arizani oʼrganish mobaynida isteʼmolchi nomiga ikkita abonent raqam ochilganligini, buning natijasida noreal qarzdorlik yuzaga kelganini aniqladi. Masʼullarga bu boʼyicha tavsiyaviy xat yuborilgach, noreal qarzdorlik bartaraf etilib, texnik xatolik tuzatildi.

Buxoro tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Matbuot Xizmati