Plastik kartalardagi mablagʼni naqd pulga aylantirish jarayoni kun sayin qulay va innovatsion koʼrinishga kelmoqda. Plastik kartadan bankomat orqali naqd pul olish imkoniyati hattoki chekka qishloqlar markazlariga qadar yetib bormoqda.
Isteʼmolchi F.B 29-may kuni Gʼijduvonda joylashgan “Xalq Banki”ga tegishli bankomat orqali 600 000 soʼm pulni naqdlashtirish amaliyotini bajargan. Plastik kartadan mablagʼ yechilgan boʼlsada, naqd pul chiqarilmagan. Bankomat nosozligi boʼyicha Xalq Banki masʼullariga ariza bilan murojaat qilgan boʼlsada, mablagʼ isteʼmolchiga qaytarilmagan.
Holat boʼyicha oʼz huquqlarini yaxshi anglagan isteʼmolchi Oʼzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi 1091-qisqa ishonch raqami orqali ariza qoldirgan. Gʼijduvon tuman jamiyati xodimlarining saʼy-harakatlari tufayli murojaat qisqa fursatda ijobiy oʼrganilib, isteʼmolchi foydasiga hal etildi. Bankomat chiqarmagan 600 000 soʼm isteʼmolchiga qaytarildi.
Gʼijduvon tuman IHHQJ Matbuot Xizmati