Bugun ichki-bozorlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, ularning zaruriy sifati, isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlar savdosi oldini olish maqsadida Romitan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan jamoatchilik monitoringi va targʼibot tadbirlari olib borilmoqda.
Savdo doʼkonlari va bozorlarda bu kabi jarayonlarda aniqlangan turli koʼrinishdagi qonun buzilish holatlari, tadbirkorlar tomonidan yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar hamda muammolar, takliflar tegishliligi boʼyicha yuqori turuvchi davlat organlariga taqdim etib borilmoqda.
Romitan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Matbuot Xizmati